EDEBIYAT DUNYASIGHA SAYAHET !
Would you like to react to this message? Create an account in a few clicks or log in to continue.

EDEBIYAT DUNYASIGHA SAYAHET !

HER GÜLNING ÖZGICHE PURIQI BOLGHINIDEK EDEBIYATNINGMU ÖZGICHE QUDRITI BAR !
 
HomeSaray*Latest imagesTizimlitishKirish
November 2024
MonTueWedThuFriSatSun
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 
CalendarCalendar
Kirish
Qollanchi Isimi:
Parol:
Her kelgende aptomatik kirish: 
:: Parolimni unutup qaptimen!
Statistics
Munberde 19 neper tizimlatqan qollan'ghuchilar bar.
Eng yéngi tizimlatqan qollan'ghuchi: tashqin

Qollan'ghuchilirimiz jem'iy 297 parche maqale yazdi. in 161 subjects
Social bookmarking
Social bookmarking reddit      

XAS ÖYINGIZ --- EDEBIYAT DUNYASI

Bookmark and share the address of EDEBIYAT DUNYASIGHA SAYAHET ! on your social bookmarking website
Latest topics
» Méning «Unwan»lirim
Dunyada Nechche Til Bar? Icon_minitimeSun Sep 13 2015, 15:12 by Admin

» Qaynaq Gülzade Qurban : Gülchimen !
Dunyada Nechche Til Bar? Icon_minitimeSat Jun 29 2013, 03:28 by Admin

» Qan Bedilige Yaritilghan Medeniyet
Dunyada Nechche Til Bar? Icon_minitimeMon Nov 19 2012, 12:42 by Admin

» Abdulreshid Ependi !
Dunyada Nechche Til Bar? Icon_minitimeThu Apr 19 2012, 17:35 by Admin

» Shinjang We Deshtatadin Tépilghan Türk -Runik Yéziqidiki Wesiqiler
Dunyada Nechche Til Bar? Icon_minitimeSun Mar 25 2012, 12:41 by Admin

» Sherqshunasliqning Qapqini
Dunyada Nechche Til Bar? Icon_minitimeSat Mar 24 2012, 16:36 by Admin

» Dunyada Nechche Til Bar?
Dunyada Nechche Til Bar? Icon_minitimeSat Mar 17 2012, 21:20 by Admin

» Xenzu Edebiyatida Neme Kem ?
Dunyada Nechche Til Bar? Icon_minitimeMon Jul 18 2011, 17:30 by Admin

» Yoqilish (Dastan : Ferhad Tursun)
Dunyada Nechche Til Bar? Icon_minitimeMon Jul 18 2011, 17:25 by Admin

ESSELAMUELEYKUM
 SARAY
 SEYNA
 EZA
 ARXIB
 CHATAQ WE ONGSHASH (FAQ)
 IZDENG
Kim Torda?
Jem'iy 5 qollan'ghuchilar torda :: Héchkim tizimlatmidi, yoshurunlar yoq we 5 méhman bar.

Yoq

Bügün'ge qeder eng köp bolghanda 50 kishi Wed Aug 09 2017, 01:23 de torda boldi.
Izdesh
 
 

Display results as :
 
Rechercher Advanced Search

Share | 
 

 Dunyada Nechche Til Bar?

Aldinqi Téma Kéyinki Téma Go down 
AptorMeséj
Admin
Alemgir
Alemgir
Admin

Sagittarius Tizimlatqan Waqti : 2010-10-21
Yéshi : 61
Turuwatqan Jayi : TUPRAQ

Dunyada Nechche Til Bar? _
YollashMawzu: Dunyada Nechche Til Bar?   Dunyada Nechche Til Bar? Icon_minitimeSat Mar 17 2012, 21:20

Dunyoda nechta til bor?


Dunyo xalqlari xilma-xil tillarda gaplashishadi. Biroq fan aniqlikni yaxshi ko‘radi. Shu tufayli vaqti-vaqti bilan tilshunoslar tillar sonini hisobga oladilar va o‘z ma’lumotlarini e’lon qilishadi. Raqamlar odatda bir biriga doimo mos tushavermaydi. Chunki u yoki bu tilni hamma joyda ham birdek tan olavermaydilar. Natijada o‘sha tilni ro‘yxatga kiritmay qo‘yish hollari uchrab turadi.

Kurrai zaminimizda hammasi bo‘lib taxminan 5621 ta til va sheva bor bo‘lib, hozirgacha ulardan 500 tasigina o‘rganilgan xolos. Har uch tildan bittasining yozuvi bo‘lmay, faqat og‘zaki nutq shakliga egadir.

Jahondagi 1400 ta tilning yo‘qolib ketish xavfi bor. Dunyo tillaridan faqat 40 tasigina og‘zaki va yozma jihatdan mukammal shakllanib bo‘lgan deb hisoblanadi. O’sha 40 tilning orasida o‘zbek tili ham bor.

Shuningdek, Himolayda 160 xil til bor. Afrikaning Niger daryosi havzasida 280ta til mavjud bo‘lsa, Yangi Gvineyadagi Papua davlati bu borada mutloq chempion. U yerda jami 3 million aholi 1010 xildagi til va shevada so‘zlashadi.

Xitoyda ingliz tilida so‘zlashuvchilar soni Amerika Qo‘shma Shtatlaridagidan ko‘proq.

Endi e’tiboringizga yuqoridagi ma’lumotlar bilan qiyoslash uchun quyidagi raqamlarni taqdim etamiz. Jahonning 2007 yil yanvar oyi statistika xabarlariga ko‘ra, dunyoda hududi bo‘yicha eng katta sanalgan o‘nta eng katta davlat quyidagilar hisoblanadi:

1. Rossiya - 17.098.242 km.kv.
2. Kanada - 9.970.610 km.kv.
3. AQSh - 9.629.091 km.kv.
4. Xitoy - 9.598.086 km.kv.
5. Braziliya - 8.514.877 km.kv.
6. Avstraliya - 7.741.220 km.kv.
7. Hindiston - 3.166.414 km.kv.
8. Argentina - 2.780.400 km.kv.
9. Qozog‘iston - 2.724.900 km.kv.
10. Sudan - 2.505.813 km.kv.

Aholisi jihatdan eng ko‘p o‘nta buyuk mamlakatlar esa quyidagilardir:

1. Xitoy – 1.314.200.000 - butun yer aholisining 20 %i.
2. Hindiston 1.120.000.000 - 17.1 %.
3. AQSh - 300.340.000 - 4.58 %.
4. Indoneziya - 233.460.000 - 3.56 %.
5. Braziliya - 187.670.000 - 2.86 %.
6. Pokiston - 158.800.000 - 2.42 %.
7. Bangladesh - 148.840.000 - 2.27 %.
8. Rossiya - 141.760.000 - 2.16 %.
9. Nigeriya - 133.160.000 - 2.03 %.
10. Yaponiya - 127.417.000 - 1.94 %.

Ilmiy taxminlarga qaraganda, 2057 yilga borganda Xitoy Xalq Respublikasining aholisi dunyo ahlining yarmini tashkil qilar emish.


Eng boy tillar


Dunyodagi so‘z jihatdan eng badavlat tillar bular arab va ingliz tillari bo‘lib, inglizlarning hisobida 2500000 (ikki yarim million)dan oshiq so‘z bo‘lsa (qarang: Paxotin A.I. «112 otvetov na vashi voprosы ob angliyskom yazыke». Moskva. 2005.), arab tilida esa 3500000 (uch yarim million)dan ortiq lug‘at boyligi bor (Bu ma’lumotni menga ustozim marhum Muzaffar Xo‘jaev bergan). O’zbek tilida taxminan 1400000-1600000 atrofida so‘z bor ekan (bu raqam yuqoridagi ma’lumotlar va shaxsiy tajribamga suyangan holda berilmoqda). Biz yuqorida keltirgan hozirgi ma’lumotlar, albatta, ko‘proq ijtimoiy sohalar bo‘yicha nisbatan olingan xolos.

A.I.Paxotinning so‘zlariga qaraganda, kimyo faniga oid atamalarning o‘zi 2000000 (ikki million)dan ziyodroq ekan. Endi o‘ylab ko‘ring, biologiya yoki matematikada yoxud fizikada qancha ilmiy atamalar bor ekan-a!?

Tilshunoslik fanidan ma’lumki, qaysi tilda «sinonim» - «ma’nodosh» so‘zlar ko‘p bo‘lsa, o‘sha til eng boy til hisoblanadi. Shuningdek, qaysi tilda «omonim» - «shakldosh» so‘zlar ko‘p uchrasa, demak o‘sha til eng kambag‘al tillar sirasiga mansub deya yuritiladi. Masalan, shimoliy qutbda yashaydigan eskimos qabilasiga mansub millat tilida «qor» so‘zining yigirma xil sinonimi mavjud bo‘lsa, arab tilida «cho‘l» so‘zining yuzdan ortiq varianti bor. Sinonim so‘zlar aslida arab tilida eng ko‘p uchraydi.

Omonim so‘zlarga misol sifatida o‘zbek tilidagi birgina «til» so‘zini tahlil qilish orqali tilshunoslikdagi bu muammoga ancha-muncha aniqliklar kiritish mumkin. Chunonchi, o‘zbekchada «til» so‘zi bir paytning o‘zida ikki xil ma’noni anglatib keladi:

1.O’rganiladigan til fani.
2. Odamning yoki boshqa tirik mavjudotning tili.

Bu vaziyatni boshqa tillar timsolida ham ko‘rib o‘tsak bo‘ladi, zero, rus tilida ham «til» so‘zi xuddi o‘zbekchadagi kabi omonim ekanligi ma’lum bo‘ladi: - 1. Russkiy yazыk – Rus tili. 2. Yazыk cheloveka – Odamning tili. «Til» so‘zi arab va ingliz tillarida esa, aksincha, sinonim hisoblanadi. Masalan, arabchada «lug‘atun» - «o‘rganiladigan til»ni ifodalab kelsa , «lisaanun» - «tirik mavjudotning tili»ni anglatadi. Ingliz tilidagi «language» - «o‘rganiladigan til»ni bildirsa, «tongue» - tana a’zosi bo‘lmish «til» deb tarjima qilinadi.


Eng kambag‘al til


Gvineya (poytaxti –Bisau shahri, Afrika.)da mahalliy Taki tilida bor yo‘g‘i 340 ta so‘z bor, xolos.


Bir kishilik til


Ayni kunda ingliz, rus, nemis, arab va ispan tillarida so‘zlashayotgan insonlarning hisob-kitobini qilish amri mahol ish. Ammo ba’zi bir tillar borki, ularni o‘sha tilda suhbatlashayotganlar o‘zlari bilan olib ketishi mumkin. Xullas, siz hozir eng kam insonlar muloqatda bo‘ladigan tillar haqidagi bilimga ega bo‘lasiz degan umiddamiz.

Yangi Gvineyada atigi 4 million aholi istiqomat qilsa-da, ular 800 tilda suhbatlashishadi. Shuningdek, ana shu tillarning birortasidayam 100 ming kishi bir-birlari bilan muloqatda bo‘lolmaydilar.

Dunyodagi eng kam odam gaplashadigan til bu – bikya tilidir. Bu til faqatgina Afrika qit’asining Kamerun va Nigeriya davlatlari o‘rtasidagi qishloqda yashaydigan 87 yoshli kampirshoga tegishli.

Susami tilida esa Miroviya provintsiyasida istiqomat qiladigan ikki oila a’zolari bir-biri bilan hol-ahvol so‘rashadi, xolos.

Latviyada esa yana shunday til borki, uni 200 kishi tushunadi. Bu – livon tilidir.

Oun g‘arbiy septik tilida hozircha 384 kishi muloqotda bo‘lsa, alfendio sharqiy septik zaboni esa 633 insonga tegishli ekan.

Lilau va seymit tillarida zamonamiz kishilaridan 450 kishi suhbatlashar ekan.

Kandas tilida Yangi Irlandiyada qo‘nim topgan 480 kishi o‘zaro «g‘idi-bidi» qilishadi.

Eng kam uchraydigan hind tillaridan biri maratidir. Bu til Maxarashta shtatiga tegishli. Orissa shtatida esa oriya tili rusum bo‘lgan. Telugu tilida Andxra Pradesh shtatidagilar va tamil tilida Tamil Nadudagi aholi o‘zaro muloqot qiladi.

Garchi Tailanda asosiy til tay lahjasi bo‘lsa-da, aholining ko‘p qismi shevada suhbatlashadi. Tilshunoslar ularning ichida lao, kammuang va paktay tillarini mustaqil, deb hisoblaydilar.


Marhum tillar


Jahonda keng iste’moldan chiqib ketgan hamda butunlay yo‘qolib ketgan tillar benihoya ko‘p. Ularni tilshunoslar ikkiga bo‘lib o‘rganadilar ya’ni, yozma nutqqa ega bo‘lgan «o‘lik» tillar hamda faqat og‘zaki shakli bor «o‘lik» tillar.

Og‘zaki nutqqagina ega bo‘lib, hozirda butunlay yo‘qolib ketgan tillarning son-sanog‘i deyarli yo‘q. Ham yozma, ham og‘zaki nutq shakliga ega, biroq hozir amalda mavjud bo‘lmagan qadimiy tillar ham talaygina. Tilshunoslik fanida bu kabi tillarni «o‘lik tillar» deb ataydilar.

O’lik tillarning eng buyuglaridan ikkitasi fan olamida juda mashhur hisoblanadi. Ulardan biri Hindistondagi qadimiy sanskrit tili bo‘lsa, ikkinchisi zamonaviy tibbiyot xodimlari keng iste’foda etadigan lotin tili hisoblanadi.

O’lik tillar ro‘yxatiga qadimiy xitoy va ingliz tillarini kiritsa ham hech xato bo‘lmaydi. Chunki zamonamiz kishilari ana shu ikki tilda bitilgan tarixiy asarlarda muhrlanib qolgan mumtoz so‘zlarni tushunishlari amri maxoldir. Ko‘hna xitoy tilidagi manbalarni tushunmaslik o‘z-o‘zidan ma’lumki, ular eramizdan avvalgi uzoq o‘tmishga borib taqaladi. Biroq XVI-asrning oxirlari XVII-asrning o‘rtalaridagina yashab o‘tgan buyuk ingliz yozuvchisi Uilyam Shekspirning tilini bugungi kun inglizlari asl manbadan o‘qib mutlaqo tushunmasliklari ilmiy isbotlangan voqeadir.


Eng ko‘p tarqalgan til


Siz darhol: - Bu xitoy tili, deb o‘ylashingiz tabiiy hol. To‘g‘ri yer kurrasidagi eng ko‘p aholi yashaydigan Xitoy Xalq Respublikasidek davlatda 1 yarim milliarddan ortiq odam xitoy tilida gaplashgan bilan, lekin u butun jahon bo‘ylab keng yoyilmagan-da! Afsuski, bu baxtli til ispancha ekanligidan ko‘pchilik, hatto, aksariyat tilshunoslarning o‘zlari ham bexabardirlar. Ispan tilini bu qadar ommalashib ketishiga avvalo mashhur sayyohlar, dengiz qaroqchilari hamda ispaniyalik mustamlakachilar sabab bo‘lib qolganlar. Shunisi qiziqarliki, Amerika Qo‘shma Shtatlarining 50 ta shtatidan 23 tasida davlat tili ispan tili hisoblansa, bor-yo‘g‘i 21 tasidagina ingliz tili amaldagi til va qolgan shtatlarda esa frantsuz tili hukmronlik mavqeini saqlab turmoqda. Ma’lumki, AQShda har bir shtat aholisi o‘z mahalliy qonunlariga amal qilib yashaydi.


Musajon Bobojonov
Choqqigha qaytish Go down
http://edebiyat.888ubb.com
 

Dunyada Nechche Til Bar?

Aldinqi Téma Kéyinki Téma Choqqigha qaytish 
1. bet (jem'iy 1 bet)

Permissions in this forum:Bu sehipidiki yézilmilargha jawab yazalmaysiz.
EDEBIYAT DUNYASIGHA SAYAHET ! :: CHILTEKSIZ EDEBIYAT(MUNBERDASHLAR IJADI) :: Achchiq Heqiqet(Félyaton,Hejwiy,Hezller)-
Buninggha ötüsh:  
Free forum | ©phpBB | Free forum support | Report an abuse | Cookies | Latest discussions